Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi. Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanali orqali xabar berildi.
Qayd etilishicha, prezident Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi.
Yig‘ilishda Jo‘qorg‘i Kenges rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.