Odil Abduraxmonov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib ishlab kelayotgan Abdujabar Abduvaxidov esa ushbu lavozimidan ozod etildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Odil Kalandarovich Abduraxmonov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U bungacha Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimini egallab kelayotgan edi.
Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlab kelayotgan Abdujabar Abduvaxidov esa ushbu lavozimidan ozod etildi.