TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Fransiya va MAGATE Rossiya va Ukrainadan agentlik missiyasini Zaporojye atom elektr stansiyasiga yuborish uchun xavfsizlik kafolatlarini oldi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.
“Kecha biz MAGATE bosh direktori bilan uchrashdik, shuningdek prezidentlar Zelenskiy va Putin bilan suhbatlashdim. Biz Ukraina va Rossiya tomonidan xavfsizlik kafolatlarini oldik. Endi u yerda (Zaporojye AESda) MAGATE missiyasi joylashtirilishi mumkin, u himoyalangan mustaqil missiya”, dedi Makron o‘zi tashrif bilan bo‘lgan Jazoirda jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
MAGATE rahbari Rafael Grossi payshanba kuni Parijda Makron bilan uchrashdi. Tomonlar Zaporojye AES atrofidagi vaziyat va u yerga boradigan MAGATEekspert missiyasi tartibini muhokama qildi.
Juma kuni Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanuel Makron telefon orqali muloqot qildi. Fransiya va Rossiya yetakchilari Zaporojye AESga MAGATEmissiyasini tezroq jo‘natish muhimligini ta’kidladi.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Ukraina harbiylari Energodarni, uning atrofidagi qishloqlarni va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Moskvaning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi tomonidan obyekt ustidan nazorat o‘rnatilishi o‘zini oqlaydi, chunki bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishini oldini oladi. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi tashkilot missiyasi Zaporojye AESga bir necha kun ichida tashrif buyurishi kerakligini aytdi va u delegatsiyaga shaxsan rahbarlik qilmoqchi.