Jo‘qorg‘i Kengesga yangi rais saylandi

Amanbay Orinbayev nomzodi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Orinbayev Amanbay Tluyebayevich nomzodi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.
Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining avvalgi Raisi Murat Kamalov betobligi sababli lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bargan edik.