TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Javohir Sindorov Abu-Dabidagi xalqaro turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur musobaqada 31 mamlakatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Ular orasida “FIDE” tasnifida yuqori o‘rinlarni egallab turgan xitoylik Vang Xao, rossiyalik Yevgeniy Tomashevskiy, Hindiston vakili Arjun Erigaisi kabi nomdor grossmeystrlar ham ishtirok etdi.
Halqaro turnirda qatnashgan Javohir Sindorov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi.
1 o‘rinni 7,5 ochko bilan hindistonlik Arjun Erigaisi egalladi. Kuchli uchlikka Niderlandiya vakili Jordan Van Forest yakun yasab berdi.
Shuningdek, turnirda Nodirbek Yoqubboyev 6,5 ochko bilan 5 o‘rinni egalladi. Shamsiddin Vohidov esa 20 pog‘anani band etdi. Nilufar Yoqubboyeva 5,5 ochko to‘pladi.