G‘arb MiG-31I qiruvchilarining yangi imkoniyatlaridan xavotirda

G‘arb Boltiq mintaqasiga yaqin chegaralarida MiG-31I zarba beruvchi qiruvchilarning eng yangi modifikatsiyalari ishga tushirilganidan xavotirli munosabat bildirdi. Chunki ushbu mashinalarning jangovar radiusi - 1200 km.
Sputnik
NATOning tadbirsiz kengayishi va Pentagonning Eski dunyo hududlaridagi proksi-operatsiyalariga Rossiya Boltiq mintaqasida gipertovushli raketa komplekslarini joylashtirish bilan javob qaytardi. Bugungi kunda dunyoda muqobili yo‘q “Kinjal” gipertovushli raketalar butun Yevropa va Atlantikani ushlab turibdi. Kaliningrad yaqinidagi Chkalovsk aerodromlaridagi yangilangan MiG-31I og‘ir qiruvchilari - strategik jilovlashning asosiy instrumentlariga aylandi. Ular paydo bo‘lishi bilan alyansning Shimoliy Yevropadagi hududiy “bonus”lariga nuqta qo‘ydi.

G‘arbda Boltiq mintaqasiga yaqin chegaralarida MiG-31I zarba beruvchi qiruvchilarning eng yangi modifikatsilari ishga tushirilganidan xavotirli munosabat bildirdi. Chunki ushbu mashinalarning jangovar radiusi - 1200 km.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, MiG-31I aviatsiya kompleksi Kaliningrad yaqinida “strategik to‘xtatishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida” joylashtirilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joiz: strategik jilovlash kechayu-kunduz jangovar navbatchilik va MiG-31I bortida yadroviy kallaklar mavjudligini nazarda tutadi. “Kinjal” X-47M2 gipertovushli raketaning uzoqligi - 2000 km. Va uning G‘arbda uning eng qudratli taktik raketa hisoblanishi bejiz emas. Kaliningrad viloyatining havo maydonidan NATOning Yevropadagi har qanday harbiy obyekti eng ko‘p vaqt bilan olti daqiqada yo‘q qilinishi mumkin.
MiG-31 platformasidagi “Kinjal” yuqori texnologiyali aviakompleks Rossiyaga NATOning Yevropadagi kuchlariga assimetrik tarzda qurollar poygasiga aralashmasdan qarshi turishga imkon beradi. X-47M2 gipertovushli raketalari Havoga va raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan yaxshi himoyalangan obyektlarni ham yo‘q qilishga qodir: suv usti kemalari (aviatashuvchilar), aerodromlar (aviabazalar), yer ostida joylashgan qo‘mondonlik punktlari. Bir aylanish (taxminan 21km/soat), yuqori aniqliq, hayratlantiruvchi manevrlilik va uzoqlik “Kinjal”ni yadroviy jihozlanishsiz ham mutlaqo betakror va vayronkor qiladi (katta miqdordagi kinetika energiyasi hisobiga).
Rossiya mart oyida ilk bor gipertovushli raketalarni jangovar vaziyatda imkoniyatlarini namoyish qilgan edi. O‘shanda Ukraina g‘arbida joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining strategik yer osti arsenalini bitta zarba bilan yo‘q qilgan edi. RF Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik “Kinjal”lar Ukraina harbiy teatridagi yana ikkita muhim obyektlarni vayron qilgan. Baribir, MiG-31I qiruvchisi yangi modifikatsiyasi - alohida tarix.

“Armstrong liniyasi” ortidagi sirlar

MiG-31I modifikatsiyasining taktik-texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilmagan. Biroq, og‘ir qiruvchi muntazam takomillashib borayotgani, jangovar xususiyatlarini oshirayotgani ma’lum.
Yangi elektronika integratsiyasi (kompyuterlashtirish) uchuvchilarga vazifalarni yanada samarali bajarish imkonini beradi - yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanish yoki dushmanning yuqori texnologiyali tizimlariga qarshi kurashish kabi. Amerikaning “Military watch” nashri MiG-31I tutuvchi-qiruvchi samolyotining ixtisoslashuvini yerdan 19 km balandlikda, kosmik kemalarini olib chiqish va “Armstrong liniyasidan yuqori” yoki 400 km gacha bo‘lgan masofalarda gipertovushli raketalarni “sputniklarni ovlash maqsadida” foydalanish deb hisoblaydi.
Ma’lumki, Mikoyan konstruktorlik burosi 1997-yildan buyon qayta jihozlangan MiG-31 yordamida kosmik kemalarni yerga yaqin orbitalarga olib chiqish tizimini ishlab chiqqan. Bundan MiG-31D sputnikka qarshi qiruvchi samolyotini yaratishda konstruktorlik burosi tajribasi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik yerga yaqin orbitalarga kichiq hajmdagi sputniklarni chiqarish uchun Rossiya va Qozog‘iston “Ishim” aerokosmik tizimini ishlab chiqishdi. MiG31I va Moskva issiqliq texnikasi institutida ishlab chiqilgan qattiq yoqilg‘ili raketa yordamida 300 km lik orbitaga 160 kg lik sputnikni chiqarishi kerak edi. Lekin bugungi MiG-31I o‘tgan tajribani takrorlash bo‘lmasa kerak.
Hattoki modernizatsiya qilingan yuzlab MiG-31BM qiruvchilari texnologik jihatdan shu qadar shu qadar qudratli jihoz va qurollarga ega bo‘ldiki, (bir vaqtda 24 nishonni tutib tura oladigan radiolokatsion stansiya, S-400 zenit tizimining 9M96 raketalari, havo nishonlarini aniqlash masofasi 320 km, nishonni yo‘q qilish esa- 280 km gacha yetdi) Bunday yangilanish fonida hatto MiG-31Mning xususiyatlari ko‘zga ko‘rinmay qoldi.
To‘rtta MiG-31BM dan tashkil topgan bitta guruh front bo‘yicha 1000 km lik (Moskvadan Krasnodargacha) bo‘lgan havo masofasini himoya qilishi mumkin. Qurolni boshqaruish uchun yaratilgan yangi “Zaslon-M” tizimi MiG-31BM ga dushmanning past orbitadagi sputniklarini yuqori aniqlikdagi zarba bilan yo‘q qila oladi.
Keyinchalik MiG-31K modifikatsiyasidagi qiruvchi paydo bo‘ldi (yangi bort jihozi, yoqilg‘i zahirasining oshirilishi, aloqa uchun maxsus apparatura). U 9 tonnalik jangovar yuklama bilan 25 km lik balandlikkacha ko‘tarila olishi, 3000 km/soat gacha tezlashtirishi (2,83 Max) va to‘rt tonnalik “Kinjal” raketalarini ham olib yurishi mumkin.
Shubhasiz, MiG-31I modifikatsiyasi yanada qudratli opsiyalarga ega. Va u G‘arbni NATOning sharq tomon kengayishi hamda Yevropa xavfsizlik tizimining kamchiliklarini to‘g‘ri baholashga majburlaydi.
Shu bilan birga Rossiya ko‘p funksiyali oltinchi avlod MiG-41 qiruvchilarini ishlab chiqarmoqda. Yangi samolyot zarba beruvchi aviatsiyadan jangovar foydalanishda yangi texnologik inqilob bo‘lishi kutilmoqda.