Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi tashkil etildi - Mishustin

Qayd etilishicha, yangi qayta sug‘urtalovchini tashkil etishning dolzarbligi Moskva va Minskka qarshi G‘arb sanksiyalari kiritilgandan keyin kuchaygan.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bosh vazirlari Yevroosiyo qayta sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni qabul qildi. Bu haqda juma kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Mixail Mishustin ma’lum qildi.
"Endi biznesni rag‘batlantirishning yana bir vositasi paydo bo‘ladi. Kecha biz bu haqda kelishib oldik, Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni qabul qildik", dedi Mishustin.
Kompaniyaning asosiy vazifasi - tashqi savdo, investitsiyaviy hamkorlikni rag‘batlantirish, eksport kreditlari berish, kredit agentliklari va sug‘urtalovchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish. Kelajakda o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va loyihalarni moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan, - dedt Rossiya bosh vaziri.
Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasining asosiy ta’sischilari Rossiya va Belarus bo‘ladi. Kompaniya ustav kapitalining 45% Rossiyaga va 30% ulushi Belarusga tegishli bo‘ladi. Lekin, yangi tashkil qilinayotgan kompaniya yangi xalqaro hamkorlarga qo‘shilish uchun ochiq bo‘ladi.
“Biz hamkasblarimizni o‘zimizning xalqaro moliyaviy hisob-kitob mexanizmlarini imkon qadar tezroq amalga oshirishga chaqiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Mishustin. Vazir aytishiga ko‘ra, YeOII hududida milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tish faol davom etmoqda va bu ko‘rsatkich allaqachon 75 foizga yetgan.
Uning ishonchi komilki, YeOII makonida integratsiyaning kuchayishi beshta davlatdan tashqari, dunyodagi siyosiy vaziyatlarga bog‘liqligini sezilarli darajada kamaytiradi. Buning uchun, yagona transport makonini shakllantirishni davom ettirish, ittifoqning tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari shuningdek, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Afrika bilan hamkorlikni rivojlantirish zarur.
Shuningdek, Migustin sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va mahalliy ishlab chiqarishini faol rivojlantirishga chaqirdi. Rossiya Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda yaratilgan YeOII sanoatlashtirish xaritasi yaxshi imkoniyatlarni ochadi: unda 150 dan ortiq investitsiya loyihalari haqida ma’lumotlar mavjud, ulardan 27 tasi allaqachon amalga oshirilgan - avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya, tibbiyot, sellyuloza-qog‘oz va boshqa sanoat tarmoqlaridagi loyihalar bor.
Eslatib o‘tmiz, bugun Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida YeOII bosh vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda YeOII davlatlari vazirlaridan tashqari O‘zbekiston va Kuba kuzatuvchi maqomida Ozarbayjon mehmon maqomida ishtirok etdi.