TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Yerevandagi “Surmalu” savdo markazida yuz bergan portlash ishi doirasida to‘rt kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Armaniston Bosh prokuraturasi saytida xabar berilgan. RIA Novosti
Savdo markazida 14-avgust kuni sodir bo‘lgan portlash natijasida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lgan, 63 kishi jarohatlangan. Avvalroq Yerevan meriyasi “Surmalu” savdo markazida pirotexnika buyumlari ombori portlaganini aniqlagan edi. Shu kunning o‘zida jinoiy ish ochilgan.
“Jinoyat ishi doirasida to‘rt kishi – ikki nafari “yong‘in xavfsizligi qoidalari yoki talablarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha, yana ikki nafari “ehtiyotsizlikdan o‘limga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha qo‘lga olindi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Ushbu moddalar bo‘yicha maksimal jazo 8-yil qamoq jazosini nazarda tutadi.