O‘zbekiston va YeOII

YeOII Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishi dekabr oyida bo‘lib o‘tadi

Qirg‘iziston bosh vaziri: YeOII Oliy iqtisodiy kengashining yig‘ilishi dekabr oyida Bishkekda bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. YeOII Oliy iqtisodiy kengashining yig‘ilishi dekabr oyida Bishkekda o‘tkaziladi, dedi Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov juma kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida.
“Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishini joriy yilning dekabr oyida Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda o‘tkazish rejalashtirilgan”, — dedi bosh vazir.
Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Japarov raisligida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi boshqaruvi raisi Mixail Masnikovich ishtirok etmoqda.
Kengash majlisida Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi rahbari Ali Asadov mehmon, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi qarorlar imzolanishi rejalashtirilgan.