Abdulla Aripov YeOII bosh vazirlari uchrashuviga keldi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati rahbari YeOIga a’zo davlatlar bosh vazirlari yig‘ilishiga mehmon sifatida tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov YeOII davlatlari bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Qirg‘zistonning Cho‘lpon-Ota shahriga yetib keldi.
Aeroportda uni Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Baxit To‘roboyev kutib oldi.
Ayni damda YeOII hukumatlararo majlisi boshlandi. Uni Qirg‘iziston bosh vaziri boshlab berdi.
"Sizlarni mehg‘mondo‘st qirg‘iz yerida ko‘rib turishdan xursandman. Markaziy Osiyo durdonasi muqaddas Issiq-Ko‘l qirg‘og‘iga xush kelibsiz. Kuzatuvchi maqomida kelgan O‘zbekiston va Kuba bosh vazirlariga hamda Ozarbayjonlik hurmatli mehmonlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman", - dedi Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov majlis boshida.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida mehmon sifatida ishtirok etadi. Majlisda kuzatuvchi sifatida Kuba bosh vaziri hamda mehmon sifatida Ozarbayjon bosh vazirlari ham ishtirok etishmoqda.