Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaxarova BMTda aksariyat davlatlar nega Kiyevni qo‘llamaganini tushuntirdi

Zaxarovaning qayd etishicha, mamlakatlar Ukraina mojarosi mintaqaviy emas, balki global muammo ekanligini anglab yetgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. BMT davlatlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Kiyevning Rossiyaga qarshi bayonotini qo‘llab-quvvatlamadi, chunki jahon hamjamiyati inqirozning haqiqiy ko‘lamini tushuna boshladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Dunyo buni oddiy bir sababga ko‘ra sotib olmayapti: hamma vaziyat G‘arb liberal diktaturalarining Ukrainadan Rossiyaga qarshi mafkurada foydalanishidan ham jiddiyroq ekanini tushuna boshladi.
Endi xavf shu qadar yuqoriki, Ukraina atrofida G‘arb tomonidan qo‘zg‘atilgan vaziyat barcha qit’alar uchun halokatli bo‘lib qoldi – muammo shunda”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Zaxarovaning qayd etishicha, mamlakatlar Ukraina mojarosi mintaqaviy emas, balki global muammo ekanligini anglab yetgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasini va Doneskning muhim qismini, jumladan Volnovaxani, Mariupolni va Svatogorskni butunlay ozod qildi.