Ukraina deputati Lukashenkoni osish bilan tahdid qildi

Rada deputati Goncharenko Lukashenkoni o‘ldirish bilan tahdid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Rada deputati Aleksey Goncharenko o‘zining Telegram-kanalida ukrainaliklarni Mustaqillik kuni bilan tabriklagan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni o‘lim bilan tahdid qildi.
“Lukashenko Ukrainaning keyingi mustaqilligi kunida ustunga osib qo‘yiladi”, — deb yozdi Goncharenko.
Shuningdek, u Belarusning amaldagi rahbarining siyosiy raqiblarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Kuni kecha Lukashenko qo‘shni davlat aholisiga murojaatida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar ikki xalq o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini buzmasligiga ishonch bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk Ukraina bilan tinchlik va do‘stlikni mustahkamlashni rejalashtirmoqda.