“Toshkent – Bishkek” yo‘nalishida qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilmoqda

14-28 sentabr kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston poytaxtlariga HY-779/780 yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. “Toshkent – Bishkek – Toshkent” xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etildi. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
Aytilishicha, 14-28 sentabr kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston poytaxtlariga HY-779/780 yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, “UzAirways” ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.