TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari shtat sonini 137 ming harbiy xizmatchiga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjat huquqiy axborot portalida joylashtirilgan.
"Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining shtat tarkibi 2 039 758 birlik, shu jumladan 1 150 628 nafar harbiy xizmatchilar miqdorida belgilansin", - deyilgan farmonda.
2017 yil 17-noyabrdagi oldingi farmonga muvofiq, Rossiya qo‘shinlari soni 1 million 902 ming 758 nafar askar va ofitserni, shu jumladan, 1 million 13 ming 628 nafar harbiy xizmatchini tashkil etgandi.