NATO mavjudligi katta fojia – AQSh sobiq senatori

Virjiniya shtati sobiq senatori Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi orqali alyansning yanada kengayishini “dahshatli” deb atagan.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ning mavjudligi butun G‘arb sivilizatsiyasining eng katta fojialaridan biridir. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Virjiniya shtatidagi sobiq senatori Richard Blek ma’lum qildi.

“Menimcha, G‘arb sivilizatsiyasining eng katta fojialaridan biri NATOning Varshava shartnomasi tashkiloti bilan bir vaqtda o‘z faoliyatini to‘xtatmagani edi. O‘tmishda ma’lum vaqt davomida NATO ijobiy kuch bo‘lgan, ammo hozir u xalqaro munosabatlardagi beqarorlashtiruvchi elementga aylandi”, - dedi Blek RIA Novostiga bergan intervyusida.

Shuningdek, ciyosatchi Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi orqali alyansning yanada kengayishini “dahshatli” deb atadi.
Ma’lumot uchun, iyun oyi oxirida Madridda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Atlantika alyansi sammiti oldidan Stokgolm, Xelsinki va Anqara Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishini ta’minlovchi xavfsizlik memorandumini imzoladi.
Ular terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga (PKK) qarshi choralar ko‘rish, ma’lumot almashish va ekstraditsiya bo‘yicha kelishuvga kelishib oldi. Anqara avvalroq Stokgolm va Xelsinkining PKKni qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqib, a’zolik jarayoni boshlanishini to‘xtatib turdi.
Shu bilan birga, Moskva ittifoqning maqsadi qarama-qarshilik ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, blokning yanada kengayishi Yevropa uchun katta xavfsizlikni va’da qilmaydi.