Koronavirus ustidan g‘alaba qozongan KXDRda bezgak holati aniqlandi - OAV

Mamlakat koronavirus inqirozi ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilganidan atigi ikki hafta o‘tib, bezgakning to‘rtta yangi holati qayd etilgani aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qilganidan so‘ng, mamlakatda bezgakning to‘rtta yangi holati qayd etildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Yonhap" agentligini mahalliy OAVlar xabariga tayangan holda xabar bermoqda.
11 avgust kuni Kim Chen In Shimoliy Koreyada koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini “tantanali ravishda e’lon qildi”.

“Shimoliy Koreya shimoli-sharqiy Ryangan provinsiyasida bezgakning to‘rtta yangi holati haqida xabar berdi. Bu mamlakat koronavirus inqirozi ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilganidan atigi ikki hafta o‘tib sodir bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash idoralari zudlik bilan hududni o‘rab olgan, shuningdek, zudlik bilan epidemiyaga qarshi guruhlarni safarbar qilgan.