Futbol: O‘zbekiston Kosta-Rika va Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Kamerun va Kosta-Rika jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabrda Kosta-Rika va Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasining taqvimiga muvofiq, sentabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun belgilangan FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bu yig‘in davomida o‘zbekistonlik futbolchilar 2022-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari — Kamerun va Kosta-Rika milliy terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Kamerunga qarshi o‘yin 23-sentabr, Kosta-Rikaga qarshi esa 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.