Yevropa davlatlari temir pardani tushirib, o‘zlarini jazolamoqda – Volodin

Rossiya Davlat dumasi spikeriga ko‘ra, rossiyaliklarning kirishiga cheklovlar tufayli Yevropa 21 milliard yevro yo‘qotadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Rossiya fuqarolariga vizalar berish taqiqlangan taqdirda Yevropa mamlakatlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. Bu haqda bugun Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Fuqarolarimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishini taqiqlash takliflari davom etmoqda. Ammo bu tashabbuslar kimdan chiqapti? O‘z suverenitetini yo‘qotgan Estoniya, Latviya, Litva, Finlyandiya, Chexiya, Polsha, Ukraina davlatlaridan”, - deydi Volodin.
Duma spikerining ta’kidlashicha, rossiyaliklarning kirishiga cheklovlar tufayli Yevropa 21 milliard yevro yo‘qotadi.
“Ular ahmoqliklari va jaholatlari tufayli mamlakatlari atrofiga temir pardani tushirib, o‘zlarini jazolamoqda”, - deydi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyo aholisining 80 foizi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi ya’ni ruslar tashrif buyurishi uchun manzillar bisyor.
“Lekin o‘z infratuzilmamizni rivojlantirish yaxshiroqdir. Bizda ajoyib joylar juda ko‘p. Mamlakatimizda sayohat qilish va dam olishga qulay kerakli sharoitni yaratish uchun hamma narsa qilish kerak”, - deya xulosa qilgan Rossiya Davlat dumasi spikeri.