TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Respublikaning barcha dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bayram oldi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Dehqon bozorlari hamda aholi zich istiqomat qiladigan mahallalarda tashkil etilgan yarmarkalar 5-sentabrga qadar har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.
Mirabadskiy rinok
© Sputnik/Zafar Xalilov
“Savdo nuqtalarida sotuvchilarga rastalar, sovutkichlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, to‘lov terminallari bilan ta’minlab berilmoqda”, deyiladi xabarda.
Mirabadskiy rinok
© Sputnik/Zafar Xalilov
Oziq-ovqat yarmarkasining formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi.
Mirabadskiy rinok
© Sputnik/Zafar Xalilov
Toshkent shahridagi asosiy 11 ta Farhod, Askiya, Sergeli, Eski Juva, Aviasozlar, Qo‘yliq, Yunusobod, Mirobod, Qoraqamish, Navro‘z va Chilonzor dehqon bozorlarida meva-sabzavot, poliz, dukkakli, guruch, go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum, o‘simlik yog‘i, shakar va turli ichimliklar savdosi tashkil etilgan.
Mirabadskiy rinok
© Sputnik/Zafar Xalilov
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus oziq-ovqat yarmarkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotilishini kunlik monitoring qilib bormoqda.