ARMI-2022

ArMI-2022: O‘zbekiston harbiylari “Dala oshxonasi”da tengsiz

O‘zbekiston harbiy oshpazlari 2438,6 ball to‘plab, “Dala oshxonasi” musobaqasida mutlaq g‘olib bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. ArMI—2022 VIII Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan “Dala oshxonasi” musobaqasida O‘zbekiston harbiylari birinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Markaziy harbiy okrugining "Forish" tog‘ poligonida o‘z yakuniga yetgan bahslarda kichik serjant Davlat Hasanov, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Baxtishod Meliyev tayyorlagan tort va shirinliklar eng yuqori ballarga munosib ko‘rildi.
“O‘zbekiston harbiy oshpazlari 2438,6 ball to‘plab Xalqaro armiya o‘yinlarining “Dala oshxonasi” musobaqasida g‘olib bo‘ldilar!”, - deyilgan xabarda.
Harbiy oshpazlar IIIdarajali serjant Ma’mur Mamarasulov, kichik serjant Jamshid Qo‘qonov, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Ilos G‘aybullayev, novvoy va qandolatchi oshpazlar kichik serjantlar Davlat Hasanov, Temur Rahimov, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi Baxtishod Meyliyev, texniklar kichik serjantlar Jo‘rayev Nodir, Behzod Karimov, Sherzod Meliqo‘ziyevdan iborat O‘zbekiston jamoasi tengsiz ekanliklarini isbotladilar.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Rossiya (2377,4 ball) ikkinchi, Belarus va Vyetnam jamoalari (2210,7 balldan) uchinchi o‘rinni egallashdi. Tojikiston harbiylari (1526 ball) 4-o‘ringa loyiq ko‘rildi.