Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina QK Doneskni uch marta o‘qqa tutdi

Ukraina qo‘shinlari Doneskning ikkiti tumaniga kalibrli snaradlardan foydalangan holda hujum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Doneskning Kuybishevskiy va Kirovskiy tumanlariga jami oltita 152 millimetrli kalibrli snarad va ikkita NATO standartidagi 155 millimetrli kalibrli snaradlardan foydalangan holda hujum qildi. Bu haqda O‘t ochishni to‘xtatish tartibini nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazi ma’lum qilgan.
“O‘q otish quyidagi yo‘nalishda qayd etilgan: 01:02 - Netaylovo aholi punkti - Donesk shahri (Kuybishevskiy tumani): 155 millimetrli kalibrli ikkita snarad otilgan; 05:24: 152 millimetrli kalibrli uchta snarad otilgan; 05:24 - Krasnogorovka aholi punkti - Donesk shahri (Kirovskiy tumani): 152 millimetrli kalibrli uchta snarad otilgan”, deyilgan xabarda.
Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Avstraliya Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi o‘nlab M777 gaubitsalarini yetkazib berdi, Ukraina Qurolli kuchlari ulardan DXRdagi shahar va aholi punktlarini, jumladan, Doneskni o‘qqa tutishda foydalanadi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasini va Doneskning muhim qismini, jumladan Volnovaxani, Mariupolni va Svatogorskni butunlay ozod qildi.