Toshkentda “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi start oldi

Musobaqada Qozog‘iston, Tojikiston, BAA, Qirg‘iziston kabi davlatlardan kelgan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkentda kamondan otish bo‘yicha “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi start oldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqlar poytaxtdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tadi.
“Bu yilgi bahslarda hamurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston, BAA, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 100 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bellashmoqda”, deyiladi xabarda.
Hozirda musobaqaning 5 ta dasturda saralash bosqichi boshlandi. 26-avgust kuni barcha yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.