Surxon davlat qo‘riqxonasida Turkiston silovsini tasvirga olindi - video

Qo‘riqxonada o‘rnatilgan fotoqopqonga ona va bola silovsinlarning zavqli onlari videotasvirga tushgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasida Turkiston silovsini tasvirga olindi. Bu haqida Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Qo‘riqxonada o‘rnatilgan fotoqopqonga ona va bolaning zavqli onlari tushib qolgan.
“Zamonaviy fotoqopqon tabiatdagi noyob jonivorni yuqori sifatdagi tasvir va ovoz bilan kamera obyektiviga muhrlagani ham e’tiborlidir”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Turkiston silovsini O‘zbekiston va xalqaro "Qizil kitob"ga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. G‘arbiy Tan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko‘hitang) tog‘ tizmalarining baland qismida yashaydi.
Hozirda "Surxon" davlat qo‘riqxonasiga 20 ta zamonaviy fotoqopqon o‘rnatilgan.