Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Hisob palatasi raisining sobiq o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Saidkarimov 2020-yil sentabridan shu kungacha Hisob palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ish yuritib kelgan. Uning o‘rniga Prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri O‘tkir Jumanov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi.
Saidlaziz Saidkarimov 1982-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2002-yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan.
2009-2018 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018-yil fevralidan mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.