TOShKENT, 24 avg — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln dollarga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar eng ko‘p 5 ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.
Dastlabki olti oyda O‘zbekiston asosan qovun va tarvuzni Qozog‘iston (47 ming tonna), Rossiya (23,4 ming tonna) va Qirg‘izistonga (14,4 ming tonna) eksport qilgan.
Belarus (1,9 ming tonna) va Tojikiston (9,3 ming tonna) ham o‘zbek qovun-tarvuzlarini xarid qilgan.
2022 yilning dastlabki yetti oyida xorijga eng ko‘p Toshkent (23,4 ming tonna), Farg‘ona (12,8 ming tonna)va Andijon (11,4 ming tonna)viloyatlari qovun va tarvuz sotgan.