Jangovar foydalanish Rossiya dubulg‘asi NATOnikidan samaraliroq ekanini ko‘rsatdi - Rostex

"Ratnik" harbiy kiyim-bosh tarkibiga kiruvchi 6B47 dubulg‘asi NATO mamlakatlaridagi analoglardan 40 foizga yaxshiroq himoya qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Ukrainda harbiy harakatlar davomida jangovar foydalanish tajribasi Rossiyaning "Ratnik" harbiy kiyim-bosh tarkibiga kiruvchi 6B47 dubulg‘asi (shlem, kaska) o‘zining yuqori samaradorligini namoyish qildi, deb xabar qildi "Rostex" korporatsiyasi.

"Ratnik" harbiy kiyim-boshi jangovar sharoitlarda foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu haqiqatan ham insonlar hayotini saqlab qoladi. Xususan, 6B47 dubulg‘asi askar boshini NATOning birlashgan qurolli hamkasblariga qaraganda 30-40 % samaraliroq himoya qiladi", - dedi "Rostex" vakili.

Korporatsiyaning aniqlik kiritishicha, "Ratnik" dubulg‘asini ishlab chiquvchilar oldida turgan asosiy vazifa - askar boshini mayda oskolkalar va boshqa shikast yetkazuvchi jismlardan himoya qilish. Jangovar vaziyatlarda harbiy xizmatchilarning boshidan yaralanish holatlarining taxminan 75 % - 1-1,5 gramm og‘irlikdagi jismlar jismlar teshgishi oqibatida kelib chiqadi.
"Rostex" vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ratnik 6B47 dubulg‘asi “nafaqat kichik narsalarni kechiktiradi, balki diametri 25-30 millimetr bo‘lgan yirik snarad parchalaridan va hatto o‘q tegishidan ham qutqarishi mumkin”.
"Dubulg‘a avtomatik o‘qning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishidan saqlab qolgan holatlar ham bor", - deydi korporatsiya vakili.
Bundan tashqari, 6B47 turli kuch bilan berilgan zarba va jarohatlardan samarali himoya qiladi. Dubulg‘a uchta qatlamdan iborat bo‘lib, uni yuqori qatlami zarbani yutuvchi sifatlar bilan ta’minlaydi, u zarbalarni yaxshi qabul qiladi - dubulg‘ada pachoq bo‘lishi bo‘lishi mumkin, ammo jangchining sog‘lig‘iga zarar etkazmaydi.
Turli mamlakatlar harbiy dubulg‘alarni sinovdan o‘tkazgan Fransiyaning Dupont laboratoriyasi Rossiya harbiy dubulg‘asini eng yengil va eng samarali deb topgan.
Shlem 6B47 Ratnik