TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqilliginining 31-yillik bayrami munosabati bilan jamoat transporti tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-4 sentabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, jamoat transporti quyidagi jadval asosida harakatlanadi.
1 sentabr, payshanba–O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2 sentabr, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
3 sentabr, shanba– odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
4 sentabr, yakshanba –odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.