ARMI-2022

ArMI-2022: O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta”da 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston harbiy tibbiyotchilari 15 ta davlat orasidan faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida O‘zbekiston harbiylari faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Bellashuvlarda dunyoning jami 15 ta davlatidan bo‘lgan harbiy tibbiyotchilar o‘zaro bahslashishdi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, erkaklar va ayollardan iborat har bir jamoa tarkibidan o‘rin olgan shifokorlar, o‘rta tibbiyot xodimlari va haydovchilar jami 4 shart: otish tayyorgarligi, yagona to‘siqlardan o‘tish, maxsus tayyorgarlik (jang maydonidan shartli yaradorli olib chiqib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish) hamda jamoaviy birinchilik bo‘yicha kuch sinashdi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Yakunda birinchi o‘rin Rossiya jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston jamoasi egalladi. Uchinchi o‘ringa Vyetnam va Belarus jamoalari loyiq ko‘rildi.
Shuningdek, musobaqa doirasida haydovchilar o‘rtasida maxsus to‘siqlardan o‘tish bahslarida O‘zbekiston vakili kichik serjant Doston Mahmudov “Eng ilg‘or haydovchi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin medalga ega chiqdi.
Doston Maxmudov