TOShKENT, 23 avg — Sputnik. “UzAuto Trailer"ning ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar arizalarni 21-sentabriga qadar jo‘natishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, “UzAuto Trailer “ning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha: 2 000 dona yarim tirkama va 1 000 dona osma texnika, O‘zbekiston xo‘jaligining turli tarmog‘ini ta’minlash uchun avtomobil texnikalarini ishlab chiqaradi.
O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, kompaniya foydasi 626,2 mlrd so‘mni, sof foyda esa 53 mlrd so‘mni tashkil etgan. Qolaversa, kompaniya 158,6 mlrd so‘m ustav kapitaliga ega.
Kompaniyada faoliyat yurituvchi xodimlar soni 420 kishini tashkil etadi. Ishlab chiqarish korxonasi Samarqand viloyatida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Uzbekistan Airways" va "UZCARD"ning davlatga qarashli ulushlarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangandi.