Tramp uyida "o‘ta maxfiy" hujjatlar saqlagan – OAV

Trampning Mar-a-Lagodagi mulkida “o‘ta maxfiy” deya belgilangan materiallar ham bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Florida shtatida joylashgan Mar-a-Lagodagi uyida kamida 300 ta maxfiy hujjatni saqlagan. Bu haqda kecha “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oq uyning sobiq rahbari yanvar oyida AQSh Milliy arxivlar va yozuvlar boshqarmasiga 150 ga yaqin maxfiy hujjatlarni topshirgan, qolgan maxfiy materiallar Tramp vakillari tomonidan iyun oyida AQSh Adliya vazirligiga topshirilgan va avgust oyi boshida Mar-a-Lagoda o‘tkazilgan tintuv chog‘ida ham topilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda AQSh ma’muriyati vakillari Tramp qo‘lida saqlanayotgan 26 quti materiallarga ega bo‘lib, ulardan 11 tasi maxfiy materiallar, jumladan, “o‘ta maxfiy” yorlig‘i bilan yozilgan bitta to‘plam. Qaytarilgan maxfiy materiallar orasida Markaziy razvedka boshqarmasi, Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruv burosi hujjatlari bor.
Tramp avgust oyi boshida uning Mar-a-Lagodagi uyida FQB xodimlari tomonidan reyd o‘tkazilganini aytgan edi. Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, FQB xodimlari tintuvlar chog‘ida hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.