TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkentdagi 21-sonli Mehribonlik uyi o‘z faoliyatini yakunladi.
Qayd etilishicha, Mehribonlik uyida atigi 27 nafar tarbiyalanuvchi qolgan. Shu bois, barcha bolalar poytaxtda joylashgan 22-sonli Mehribonik uyiga o‘tkazildi.
“Bugungi kunda 67 nafar tarbiyalanuvchi Oilaviy sharoitda voyaga yetayotgan bo‘lsa, ularning 12 nafari bugun poytaxtimizda barpo etilgan 5ta Oilaviy bolalar uyida ulg‘aymoqda. 6 nafar bola ota-onasi yoki yaqin qarindoshlariga qaytarildi”, deyiladi xabarda.
Mehribonlik uyida 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 122 nafar bola tarbiyalandi. 50 dan ortiq o‘g‘il-qizlar vasiylikka olindi. Bolalar 18 yoshga to‘lib, voyaga yetgach muassasani tark etdi.