TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rigada Sovet armiyasi jangchilari – Latviyani nemis bosqinchilaridan ozod qilgan xaloskorlar sharafiga o‘rnatilgan haykalni buzib tashlash ishlari boshlandi. Bu haqda "Delfi" portali xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, haykal oldiga quruvchilar va traktorlar olib kelingan. Yodgorlik poyida bitta ekskavator zinapoyalarni buzishni boshlashgan, boshqasi qurilish chiqindilarini konteynerga yuklamoqda.
Haykal atrofi o‘rab olingan. Uning yonida politsiyalar navbatchilik qilishmoqda.
Latviya parlamenti may o‘rtasida Rossiya bilan sovet jangchilari haykallarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnoma moddasining amal qilishini to‘xtatgan edi. Bu Riga xaloskorlari haykalini buzishga imkon bergan. 9-may G‘alaba kuni Rigada aholi Xaloskorlar haykali oldiga gul keltirdi. 10 may kuni ertalab Latviya IIV rahbarining buyrug‘i bilan traktor keltirilgan gullarni to‘plab olib ketdi.
Rigadagi yodgorlik 1985-yil noyabrida Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alaba va Rigani Germaniya fashistlaridan ozod qilingani sharafiga ochilgan edi. U Sovet armiyasi jangchilari va Ona vatanning bronza tasvirlaridan iborat.