TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona hisoblangan quvvati 2-15 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlarni ishlab chiqariladi. Bu haqida “O‘zbekgidroenergo” xabar berdi.
“O‘zbekgidroenergo” va “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida gidroagregatlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hamkorlik memorandumini imzolandi.
Ushbu kelishuv innovatsion loyihalar asosida lokalizatsiya va mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
“Ushbu hamkorlik doirasida yuqori innovatsion texnologik qurilmalarning mamlakatimiz gidroyenergetik sohasida ilk bor ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.
Mazkur xorijiy kompaniya nafaqat respublikaning gidroenergetika sohasi uchun gidroagregatlarni ishlab chiqaradi, balki qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va boshqa davlatlar uchun ham gidroagregatlar ishlab chiqaradi.
Qayd etilishicha, gidroagregatlar “O‘zbekgidroyenergo”ning tizim tashkiloti hisoblangan “Suvsanoatmash” AJ zavodida ishlab chaqariladi.