TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida, shuningdek, viloyatdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishiladi.
Biroz avval Sputnik muxbirlari bu majmuaning rasmiy ochilish marosimidan bir necha soat oldin uning ilk mehmonlaridan biri bo‘lishgani xabar qilingan edi.
15−16 sentabr kunlari O‘zbekiston raisligi doirasida Samarqand shahrida ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi. ShHTning Samarqanddagi sammiti O‘zbekistonda o‘tkazilgan to‘rtinchi sammit bo‘ladi. Ilgari xalqaro miqyosdagi bunday muhim tadbir 2004, 2010 va 2016-yillarda Toshkentda o‘tkazilgan.