Bu qiziq

Ichak kasalliklarida eng foydali ichimliklar

Ushbu ichimliklar erta tongda nafaqat tetiklik bag‘ishlaydi, balki ichaklar salomatligini ham asraydi.
Sputnik
Eat This, Not That portalining xabar berishicha, suv, qahva, tomat sharbati va smuzi ichaklarni sog‘lomlashtiruvchi mahsulot hisoblanadi. Masalan, erta tongda suv ichish lozim, chunki uyqudan so‘ng organizm suvsizlangan bo‘ladi. Suv ovqat hazm qilish tizimini ishga tushirishga yordam beradi.
Qahva ham ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, shuningdek, ichakni tozalaydi va foydali bakteriyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qahva foydali bo‘lishi uchun unga shakar va qaymoq aralashtirmaslik tavsiya qilinadi.
Tomat sharbati tarkibida ham hazm qilish jarayonini boshlab beradigan kletchatka ko‘p. Rezavorlar bilan iste’mol qilingan smuzi esa ichaklarni probiotiklar bilan to‘yintiradi.