G‘arbda hamma davlatlar ham Ukrainadagi mojaro tugashini istamayapti – Chavusho‘g‘li

Ta’kidlanishicha, G‘arb va NATO davlatlari orasida maxsus operatsiya yakunlanishini istamaydigan davlatlar ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. G‘arbda va NATOda Ukrainadagi mojaroning tugashini istamaydigan va “oziq-ovqat kelishuvini” sabotaj qilgan davlatlar bor. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
“G‘arb va NATO davlatlari orasida (maxsus operatsiya) yakunlanishini istamaydigan davlatlar ham bor. Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarga olib chiqish bo‘yicha “oziq-ovqat bitimi”ni sabotaj qilganlar ham bo‘ldi. Davlatlarning nomini aytmayman, BMT Bosh kotibi ularni juda yaxshi biladi”, dedi Chavusho‘g‘li “Haber Global” nashriga bergan intervyusida.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.