Futbol: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston jamoasi “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turnirini 1 ochko bilan boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkentdagi “JAR” stadionida “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turnirining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Eron o‘smirlar jamoalari o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
O‘yinning 72-daqiqasiga kelib Rizo Gandi Pur eronliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
O‘zbekiston va Eron jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi
Biroq asosiy vaqtga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda, Aminbek Yoqubov hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Shu tariqa, Oʻzbekiston U-16 turnirni 1 ochko bilan boshladi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Ma’lumot uchun, xotira turnirida O‘zbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar “JAR”, “Paxtakor”, “Qibray” stadionlari hamda “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida o‘tkazildi.