Endi ayrim asar nusxalari Yagona bazada saqlanadi - tafsilotlar

Mualliflik huquqi obyektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil 1-apreldan boshlab mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda Yagona bazada saqlanadi. Bu Hukumat qabul qilgan 469- sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Mualliflik huquqi obyektlarining yagona bazasini yuritish, texnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini bazaga kirtish Intellektual mulk markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Obyektning elektron nazorat nusxalari depozitariylar tomonidan joylashtiriladi.
Yagona ma’lumotlar bazasida quyidagilar saqlanadi:
adabiy, drama va ssenariy asarlar;
matnli yoki matnsiz musiqiy asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual va fotografiya asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn ishi va boshqa tasviriy san’at asarlari;
barcha turdagi elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.
Mualliflik huquqi obyektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanadi.
Yagona bazaga kiritilgan ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.