Xitoyda O‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasining savdo maydonchasi ishga tushdi

Savdo maydonchasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti geografiyasining kengayishiga xizmat qilyapti.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Xitoyning “Qingdao Asia-Europe Trade Service Co.LTD” kompaniyasi bilan birgalikda Sindao shahrida (Shandun provinsiyasi) “Xitoy-ShHT” pilot zonasida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining savdo maydonchasi ishga tushirildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur savdo maydonchasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti geografiyasining kengayishiga, yangi bozorlarga chiqishiga xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi Xitoyning turli provinsiyalari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, iyul oyida Sindao shahrida O‘zbekistonning BMB Trade Group kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.