Turkiya Rossiya neftini sotib olish hajmini ko‘paytirdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon STAR sutkasiga 90 ming barrelga yaqin, Tüpraş esa 111 ming barrel neft import qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Joriy yilda Turkiya Rossiyadan neft sotib olishni ikki baravarga ko‘paytirdi. Bu haqdaReuters” “Refinitiv” ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Mamlakatga Rossiyadan neft import qilish sutkasiga 200 ming barreldan ortiqroqqa yetgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich sutkasiga 98 ming barrelni tashkil etgan. Turkiyaning Tüpraş va STAR neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyaning “Urals” va “Siberian Light” navli neftini sotib olish hajmini oshirgan.
Yil boshidan buyon STAR sutkasiga 90 ming barrelga yaqin, Tüpraş esa 111 ming barrel neft import qilmoqda.
Treyderlar agar Turkiya Rossiya neftini shu sur’atda xarid qilishni davom ettirsa, yetkazib berish hajmi 2019-yilgi rekorddan (sutkasiga 209 ming barrel) oshib ketishi mumkin.

Mavzuga oid:

Afg‘oniston Rossiyadan bir million barrelga yaqin neft sotib olishni rejalashtirmoqda
G‘arb energetika bozorida Rossiya g‘alabasini tan oldi
Rossiya neftini zarariga sotmaydi – Novak