Sement importi kamaydi

O‘zbekistonga 7 oyda 1,3 mln tonna sement import qilingan. Sement asosan Tojikistondan xarid qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 52,5 mln dollarga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna sement import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 421 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 7 oyida oyida O‘zbekiston Tojikistonda 533 ming tonna, Qirg‘izistondan 385 ming tonna va Qozog‘istondan 353 ming tonna sement import qilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Turkmanistondan 11,5 ming tonna, Erondan 6,7 ming tonna va Xitoydan 1,4 ming tonnadan senment sotib olgan.
Joriy yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston Rossiyadan 782 tonna sement xarid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Qashqadaryo viloyatida yirik quvvatga ega “Qarshi konch sement” sement zavodi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik. Yangi korxona Kitob tumanidagi 62 gektar yer maydonda joylashgan bo‘lib u yerda 400ga yaqin odam ishlaydi. Sement zavodi yiliga 1,2 million tonna M-400, M-500 va M-600 markali sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.