TOShKENT, 22 avg — Sputnik. “Toshshahartransxizmat” harakat tarkibiga yana 10 ta yangi avtobus olib kelindi. Bu haqida O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, “SAZ LE-60" rusumli avtobuslar "Samarqand avtomobil zavodi"da ishlab chiqarilgan. Hozirda ular “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi "2-Avtobus saroyi" filialiga yetkazildi.
“Jamoat transporti harakat tarkibini yangilash doirasida bugungi kunga qadar ushbu rusumdagi sotib olingan jami avtobuslar soni 80 taga yetdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Toshshahartransxizmat” harakat tarkibi prezident tomonidan qabul qilingan PQ–111-sonli qarorga muvofiq yangilanib borilmoqda.
SAZ LE-60 - bu past polli shahar yo‘lovchi avtobusi bo‘lib u Isuzu dizel dvigateli bilan jihozlanadi. Avtobusning yo‘lovchi sig‘imi 56 kishini tashkil qiladi, 25ta - o‘tirish joyi, 31ta turish joyi.