Rossiyaning JSTga qo‘shilishi haqida qiziq faktlar

Rossiyaning JSTga qo‘shilishi borasidagi muzokaralari 10-yil davom etgan. Asosiy masala - Rossiya energetika sohasiga taaluqli bo‘lgan. Oxir oqibat Rossiya JSTga o‘z shartlarida qo‘shilgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Bugun, 22-avgust kuni Rossiya Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganiga 10-yil to‘ldi.
Rossiyaning JSTga qo‘shilish jarayonida bosh muzokarachi bo‘lgan Maksim Medvedkov voqea tarixidan eng qiziq epizodlarni RIA Novostiga aytib berdi:

Muzokaralarda Rossiyaning energetika resurslaridan foydalanish - eng qiyin masala bo‘ldi. JST Rossiyadan "Gazprom"ni tog‘-kon qazib olish va transport kompaniyasiga bo‘lishni, energiya resurslariga eksport bojlarini bekor qilishni, ichki bozorda gaz va elektr energiyasiga jahon narxlarini belgilashni talab qilishgan edi. Lekin Rossiya bu talablarning barchasi rad etdi va JSTga ushbu majburiyatlarsiz qo‘shildi.

️Rossiyaning JSTga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi bayonnomaning og‘irligi 3,5 kg, ya’ni g‘isht og‘irligiga teng;
️Rossiyaning JSTdagi tarif majburiyatlarida 40 mingdan ortiq raqamlar mavjud;
Rossiya delegatsiyasi 2001-yildan 2011-yilgacha JSTning 70 dan ortiq a’zosi bilan 1200 dan ortiq muzokaralar o‘tkazdi va faqat bitta uchrashuvga kechikdi, bu esa samolyotning kechikishi bilan bog‘liq;
️Ayrim muzokaralar olib borayotgan hamkorlar Rossiyaning JST oldidagi kelajakdagi majburiyatlari doirasini o‘zgartirish umidida yashirincha ravishda kelishilgan matnlarini o‘zgartirishga harakat qilishdi. Lekin ular muvaffaqiyatga erisha olishmadi;
️Rossiya Jenevaga JST kotibiyatiga qo‘shilish haqidagi olti oylik muddat muddat tugashiga bir necha soat qolganda hujjatni topshirdi. Hujjatni aeroportdan JST shtab-kvartirasiga yetkazib berishni ta’minlagan diplomat keyinchalik avtomobil rulida bu 6 km masofani bosib o‘tish uning haydash amaliyotida eng qiyin bo‘lganini aytdi;

Bugun Rossiya JSTdan chiqishni o‘ylayapti

Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan cheklov choralari kiritdi. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga JST a’zolarining xulq-atvorini sinchiklab o‘rganib chiqishni, ularning faoliyati tashkilot nizomiga muovofiqmi yoki yo‘qligini tekirishni topshirgan edi. Bugungi kunda Rossiya Davlat Dumasining ixtisoslashgan qo‘mitalari JST va uning alohida a’zolarining faoliyatini o‘rganib chiqmoqda va baholamoqda.
So‘nggi oylar davomida Rossiya bir necha xalqaro tashkilotlardan chiqishini e’lon qildi. Xususan Yevropa Kengashi, Boltiq davlatlari kengashi va hatto BMTing ison huquqlari kengashi va Jahon Turizm tashkilotidan chiqishini e’lon qildi.