O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Oltin-valyuta zahiralari kamayishiga yil boshidan buyon kuzatilgan oltin narxining tushishi ham ta’sir qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari qoldig‘i 1-avgust holatiga 34 607,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Iyul oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 976,2 mln dollarga kamaygan. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.
Bunda zaxiralarning valyuta qismi 830,4 mln dollarga, oltin qismi esa 142,5 mln dollarga qisqargan.
“Yalpi xalqaro zaxiralar 2022-yil boshidan 531,9 mln dollarga yoki 1,5 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1758,90 dollargacha pasayishining ta’siri 483,6 mln dollarni tashkil qildi”, - deyiladi sharhda.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-iyul holatiga qariyb 35,6 mlrd dollarni tashkil qilgandi.