TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 3 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dunyo birinchiligida shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik kurashchilar:
Oltin:
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
Bronza:
-74 kg: Jafar Chulibayev (erkin kurash)
-77 kg: Samandar Bobonazarov (yunon-rum kurashi)
-125 kg: Temurbek Nasimov (yunon-rum kurashi)