TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Samarqandga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 22-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Asadovga ko‘ra, davlat rahbari Samarqandda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi.
Shuningdek, bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
Bundan tashqari, davlat rahbari hafta davomida mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan qator yig‘ilish va muhokamalarni o‘tkazadi.