Sputnik O‘zbekiston muxbiri LXRning eng yirik ko‘mir konlaridan biri “Doljansk- Kapitalnaya”da bo‘ldi. Aynan shu yerda dunyodagi eng yaxshi ko‘mir turi antratsit qazib olinadi.
Antratsitdan har qanday pechda va qozonda foydalanish mumkin. Uning hidi deyarli yo‘q hamda yuqori issiq o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Shu sababli bu ko‘mir dunyodagi eng sifatli yonilg‘i hisoblanadi.
“Doljansk- Kapitalnaya” - shahar tashkil etuvchi korxona . Bu yerda 1100 nafar odam ishlaydi. 430 nafari frontga ketgan. Biroq shunga qaramasdan kon avvalgi tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bu yerda oyiga 40 ming tonna ko‘mir qazib olinadi.
Konchilarga yordam bergani hatto ayollar ham kelishgan. Donbassdagi issiqlik elektr stansiyalari faqat antratsitda ishlaydi. Ko‘mir qazib olish to‘xtatilishi esa energetika inqirozini keltirib chiqargan bo‘lardi.
Donbassning ko‘mir konlari ilgari xususiy qo‘llarda bo‘lgan. Endi esa faqat LXR hukumati ta’sischi sanaladi. Qazib olingan ko‘mirning katta qismi hozir respublikaning ichki bozoriga yo‘naltirilmoqda, uni issiqlik bilan ta’minlayapti.
Turli qiyinchiliklarga qaramasdan, “Doljansk- Kapitalnaya”da yangi ko‘mir qazib olish joyi ishga tushiriladi va chiqimlarni kamaytirish uchun ishchilarning o‘zi barcha asbob-uskunalarni mustaqil ta’mirlashmoqda.
LXRning yirik ko‘mir koni respublika ozod qilingandan keyin qanday faoliyat yuritmoqda – batafsil bizning eksklyuziv videomizda.