Botanika bog‘i test sinovlari sababli vaqtincha yopildi

Mazkur hududda 2022–2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini yana vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar qildi.
Aytilishicha, Toshkent Botanika bog‘i faoliyati 26-avgustgacha to‘xtatildi.
Mazkur hududda 2022–2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlari 8-avgust kunidan boshlangan. Avvalroq Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun 20-avgustga qadar yopiq bo‘lishi ma’lum qilingandi.