TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Xerson jamoat tashkilotlari shaharning eng baland nuqtasi – Xerson teleminorasida o‘lchami 4x6 metr bo‘lgan bayroqni ko‘tarishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu aksiya Rossiya bayrog‘i kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Bugun hilpiragan bayroq ozod qilingan hududlarda ko‘tarilgan eng katta Rossiya bayrog‘idir.
22 avgust Rossiya bayrog‘i kuni sifatida nishonlanadi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismi nazorat ostiga olindi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatila boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklana boshlandi. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.