TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an prezident saylovini muddatidan oldin o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning “Welt am Sonntag” nashri xabar bermoqda.
“Prezident Erdog‘an saylovni bu yilga ko‘chirishi mumkinligining bir necha alomatlari mavjud. Ehtimol, kuzda bo‘lib o‘tada. Bu qisqa muddatli istiqbolda ro‘y berishi mumkin”, - deya yozadi nashr Yevropa tashqi harakatlar xizmati (EEAS) va YeI diplomatlariga tayangan holda.
Ta’kidlanishicha, jabrlangan Turkiya iqtisodiyotining bu yozda turizm daromadlaridan qisqa vaqt ichida tiklanishi va aholi kayfiyatining yaxshilanishi mumkinligi muddatilan oldingi saylovning muhim sababi bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag prezident saylovi 2023-yil18 iyun kuni bo‘lib o‘tashini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.